Biologik kimyo – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Biologik kimyo

  • Kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori, dotsent:
    MAMATOVA IRODAHON YUSUPOVNA
  • Ish vaqti: 8.00 – 17.00
  • Mobil Aloqa: +998 (99) 692-23-39
  • Email: robia13@yahoo.com

“Biologik kimyo” fani asosiy fundamental fan bo’lib, uni barcha bo’lajak shifokorlar uchun zarurdir .
Andijon davlat tibbiyot instituti 1955-yil oktabr oyida tashkil etilgandan keyin kimyo kafedrasi birinchilar qatorida shu yiliyoq ish boshlagan. Bu kafedraga akademik To’raqulov Yu.X. asos slogan. Kafedra o’z faoliyatini asosiy o’quv binosida 1955 yildan 1999 yil oxirigacha davom ettirib keldi. 2000-yil boshida institut yangi binoga ko’chib o’tishi munosabati bilan 4- qavatidan zamonaviy o’quv laboratoriyalari ajratildi. Kafedra hozirgi kunda 2-chi o’quv binosida faoliyat ko’rsatmoqda.
1955 –1959 yillari kafedrani dotsent Yusupov. F.Yu. boshqargan.
1959 yilning avgust oyidan boshlab kafedraga professor Raevskiy S.A. mudir etib tayinlangan. Yildan yilga kafedra a’zolari soni orta boshlagan. 1964-1967 yillarda dotsent FuzaylovYu.M. kafedraga rahbarlivk qilgan.
1967-1989 yillarda dotsent Lutfullin K.L. kafedra mudiri etib tayinlangan. U o’z faoliyati davomida ko’plab shogirdlarni tarbiyaladi, yosh olimlarni yetishib chiqishiga katta hissa qo’shdi.
1990-1996 yillarda kafedra mudiri dotsent Mirzaboyev E.A. tayinlandi. Kafedraning ilmiy salohiyati ko’tarila boshladi.
1996- 2004 yillar kafedra mudiri prof. KarimovA.K. ish yuritdi. ADTIda ma’naviyma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori, ADTI qoshidagi 1-akademik-litsey direktori vazifalarida ham faoliyat olib bordi. Kafedradagi faoliyati davomida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birga o’quv jarayoniga va uni rivojlanishiga jiddiy e’tibor berdi.
Kafedrada tashkil etilgan “Yosh kimyogar” to’garagi a’zolari Respublika nufuzidagi fan olimpiadalarida faxrli o’rinlarni egalladilar.
2004-2012 yillarda kafedra “Normal fiziologiya, biologik va bioorganik kimyo” deb nomlana boshladi va kafedra mudiri etib, prof. Qodirov Sh.Q. tayinlandi.
2012-2016 yillar davomida kafedraga dotsent Xudoyarova A.G. rahbarlik qilgan. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda talabalar bilimini baholashda “Miya hujumi”, “Asalari uyasi”, “Aylana stol atrofida”, “Insidient”, “Stol ustida ruchka”, “Rotatsiya”, “Galereya”, “Klaster” kabi inter faol usullardan foydalanilgan.
2016 yildan boshlab kafedra Bioorganik va biologik kimyo deb nomlana boshlandi. Kafedra mudiri e’tib dotsent Xolboev Yu.X. tayinlandi. Kafedrada 5 nafar dotsent, 2 nafar katta o’qituvchi va 8 nafar assistentlar faoliyat olib borgan.
2018 yilda Biologik kimyo kafedrasi deb nomlanib ushbu kafedrada 2019 yilga qadar kafedra mudiri lavozimida kimyo fanlari doktori, dotsent Tojiboev Madamin Mirzajonovich faoliyat olib bordi.
2020-2022 yillari kafedra mudiri lavozimida kimyo fanlari nomzodi, dotsent Yusupov Muhammadshukur Mamadaliyevich faoliyat olib borgan.
2022 yildan boshlab, hozirgi kunda, kafedra mudiri lavozimida kimyo fanlari doktori, dotsent Mamatova Irodakhon Yusupovna ishlab kelmoqda. Hozirda kafedrada 1 nafar fan doktori, 1 nafar fan nomzodi va 1 nafar falsafa doktori (PhD) faoliyat yuritib bormoqdalar.

...

Mo’minova Guyoxon Alidjonovna

Dotsent

+998 (97) 346-15-83

...

Yusupov Maxammadshukur Mamadaliyevich

Kimyo fanlari nomzodi dotsent

+998 (97) 838-88-30

...

Dalimova Manzuraxon Muxtarovna

Katta o’qituvchi

+998 (93) 414-42-50

...

Kodirov Raxmatillo Shakirovich

Katta o’qituvchi

+998 (93) 442-02-67

...

Bokiyeva Ibodat Vaxobjonovna

Assistant

+998 (91) 167-60-82

...

Kosimov Abdukodir

Assistent

+998 (91) 063-43-48

...

Kuranova Sevaraxon Saidolimovna

Assistant

+998 (91) 616-54-39

...

Maxammadjonov Tursunboy A’zamjon o’g’li

Assistent

+998 (93) 429-90-14

...

Yunosov Muxammadabror Abdumannob o’g’li

Assistent-stajyor

+998 (97) 836-99-33

...

Kodirov Muxammadxasan Abdizoxid o’g’li

Assistent-stajyor

+998 (90) 528-44-73

...

Mamajonov Asilbek Akbarjon o’g’li

Assistent-stajyor

+998 (93) 273-00-86

...

Fozilova Gavxaroy Erkinjonovna

Assistent-stajyor

+998 (97) 985-08-88

...

Madaminova Gulassal Abdurauf qizi

Assistent-stajyor

+998 (90) 626-70-06

...

Muydinova Dilnoza Numonovna

Assistent

+998 (93) 786-10-08

Manzil: Andijon shahar A.Fitrat ko’chasi 212-uy
Bazasi: ADTI o‘quv-ilmiy laboratoriya binosi, 3-qavat. Kafedrada 10 ta o‘quv xonasi, 2 ta o‘qituvchilar xonasi, 1 ta dotsent xonasi, omborxona, san uzel mavjud

Xodimlar tomonidan 80 dan ortiq maqola va tezislar, 6 ta oʻquv qoʻllanmalar nashr etilgan.

Skip to content Click to listen highlighted text!