2024-yil 8-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida o‘tkaziladigan “Tibbiyotda simulyatsion taʼlim: muammolar, yechimlar, istiqbollar” mavzusida xalqaro olimlar ishtirokidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi.
Anjuman o‘tkazilish formati: gibrid (onlayn/oflayn).
Anjumanda simulyatsion o‘quv markazlari rahbarlari va tyutorlari, tibbiyotda simulyatsion o‘qitish mutaxassislari, tibbiyot OTM rahbarlari va professor-o‘qituvchilari, bakalavriat va magistratura talabalari, klinik ordinatorlar, barcha profil shifokor-mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
Anjumanning ilmiy yo‘nalishlari:
- Tibbiyot va tibbiy taʼlimda raqamli (virtual) texnologiyalar.
- Tibbiyot va tibbiy taʼlimda sunʼiy intellekt istiqbollari va xavflari.
- Oliy va uzluksiz tibbiy taʼlimda, shuningdek,sog‘liqni saqlash amaliyotida simulyatsion o‘qitish.
- Tibbiy taʼlimda yagona o‘quv dasturini ishlab chiqish va tatbiq etish, imitatsion modullarni baholashning standart tizimi masalalari.
- Tibbiyotda simulyatsion ishlar doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarni tashkil qilish va amalga oshirish masalalari.
Maqola va tezislar 2024-yil 10-oktabrgacha qabul qilinadi.
Ma’lumot va murojaat uchun telefon raqami: +998905712144.
Batafsil ma’lumotlarni axborot xatidan olishingiz mumkin.