JARROHLIK KASALLIKLARI KAFEDRASI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

JARROHLIK KASALLIKLARI KAFEDRASI

  • Kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor:
    BOTIROV AKRAM QODIRALIYEVICH
  • Ish vaqti: 8.00 – 17.00
  • Mobil Aloqa: +998 (97) 985-00-25
  • Email: botirovakram65@gmail.com

Kafedra mudiri sifatida Botirov Akram Qodiraliyevich boshqarib kelmoqda.
1988-1989- yillarda ordinator, 1989-1990- yillarda ADTI jarrohlik va urologiya kafedrasida katta laborant lavozimida ishlagan. 1990-1993-yillarda kafedra aspiranti, 1993-1995-yillarda shu kafedrada bosh assistent, 1996-1999-yillarda kafedra dotsenti, 1999-2005-yillarda davolash fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan. 2005- yildan 2011- yilgacha kafedra professori, 2021- yildan hozirgacha jarrohlik kasalliklari kafedrasida kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Bu davrda Akramjon Qodiraliyevich Botirov ko‘plab magistrlarni tayyorlab, tarbiyalab berdi, uning 6 nafar shogirdlari falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy unvonini oldi. Hozirda ilmiy faoliyatini davom ettirib, talabalarga dars bermoqda.

Faoliyati davomida institutning xirurgik kasalliklar kafedrasida jarrohlik kasalliklari yo‘nalishida amaliyot o‘tkazib, talabalarga ko‘plab ma’ruzalar o‘qiydi. Faoliyati davomida 300 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 4 ta monografiya, 4 ta uslubiy tavsiya, 2 ta darslik, 2 ta oʻquv qoʻllanma, 12 dan ortiq ixtiro patenti va jurnal maqolalari muallifi. ADTI klinikasi 3-jarrohlik bo‘limining davolash ishlarida faol ishtirok etadi.

Institutda Jarrohlik kafedralarini tashkil etilishi ukrainalik taniqli olim, mashhur jarroh Aleksandr Yakovlevich Yasnogorodskiy (1956-y.) nomi bilan bevosita bog‘liqdir. A.Ya.Yasnogorodskiy viloyat shifoxonasida jarrohlik kafedrasini tashkil etish va jarrohlikni ilmiy va amaliy rivojlantirish maqsadida taklif etilgan. U jarrohlik kafedrasini tashkil etish bilan birgalikda atrofiga qobiliyatli shogirdlarni to‘plab, Andijon jarrohlik maktabiga asos soldi.
O‘zbekistonda va sobiq ittifoqda taniqli yetuk jarrohlar professor Ibadov I.Yu., dotsentlar Alimov T.U., Jahongirov M.X., Udachina N.A., Grigoryans S.A., Grigoryan N.A., Ishonxodjayev U.A., Xakimov S.P., Zaxidov M.A., hamda boshqa ko‘plab amaliyotchi jarrohlar shu kafedradan yetishib chiqqan bo‘lib, o‘z faoliyatlari bilan jarrohlikni ilmiy va amaliy jihatdan rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shganlar.

A.Ya. Yasnogorodskiy vafotidan so‘ng kafedraga professor I.Yu. Ibadov 1969-1981-yillar davomida rahbarlik qilgan. Keyinchalik kafedra ADTI klinikasining III-jarrohlik bo‘limiga ko‘chib, «Gospital jarrohlik» kafedrasi deb nomlangan.
Serqirra faoliyati davomida u o‘zini mohir jarroh, zahmatkash olim, chuqur bilimli klinitsist hamda o‘z shogirdlari qalbida insonparvarlik va hamdardlik tuyg‘ularini uyg‘ota olgan iqtidorli pedagog sifatida namoyon etdi.

1981-yildan kafedra mudiri etib professor R.M. Nurmuhamedov tayinlandi. Professor R.M. Nurmuhammedov institutimiz rektorlik lavozimida ishlash bilan birga, o‘quv jarayoniga butunlay boshqacha uslubiy yondoshdi. Kafedra xodimlari taniqli olim atrofida jipslashdi. Kafedra xodimlarining ilmiy izlanishlariga katta yo‘l ochildi. Murakkab tashrix turlari amaliyotga kiritildi. Farg‘ona vodiysida birinchilardan bo‘lib kafedra bazasi- klinikada yagona endoskopiya markazi (1981y.), lazer nurlaridan foydalanish markazi (1988y.), va endojarrohlik markazi ochilgan.

1988-1992-yillarda kafedraga professor R.Yu. Omirov rahbarlik qildi. Professor R.Yu. Omirov ilmiy faoliyati serqirra bo‘lib, ko‘plab xirurgiya muammolarini qamrab olgan. Uning 400 dan ortiq ilmiy maqolalarida, monografiyalarida va uslubiy qo‘llanmalarida bo’qoq kasalligining xirurgik davolash masalalari, o‘t tosh kasalligi, siniqlarni tezroq bitkazish va keyingi yillarda ba’zi kasalliklarning immunologik talqini kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan. Kafedra xodimlari bilan ilmiy tadqiqot ishlarini samarali olib borish professor faoliyatida asosiy o‘rinni egallagan. Olim faoliyati davomida 3 ta doktorlik va 30 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya etilgan. R.Yu. Omirov nafaqat yetuk olim, balki usta jarroh, chuqur bilimli klinitsist hamdir. Uning toza qalbi va xassos qo‘lidan davo topgan umrbod minnatdor odamlar sanoqsiz. “Sog‘liqni saqlash a’lochisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor” unvonlari fikrimizga dalildir.
1993-2013 -yillarda esa kafedrada professor F.N. Nishonov mudir lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. U o‘z faoliyati davomida ko‘plab shogirdlarni tarbiyaladi, yosh olimlarni yetishib chiqishiga katta imkoniyat yaratdi. Professor F.N. Nishonov rahbarligida o‘nlab nomzodlik va doktorlik ishlari Respublikada hamda Rossiya Federatsiyasining nufuzli dargohlarida himoya etildi. Respublikada “professor F.N. Nishonov maktabi” ni yaratdi. Uning shogirdlari hozirda ham Respublikamizning barcha viloyatlarida faoliyat olib bormoqda. Professor F.N. Nishonov kafedrada faoliyati davomida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birga o‘quv jarayoniga va uni rivojlanishiga jiddiy e’tibor berdi. Kafedrada tashkil etilgan talabalar ilmiy jamiyati a’zolaridan Respublika fan olimpiadasi qatnashchilari faxrli o‘rinlarni egalladilar, ular orasidan O’zbekiston Respublikasi “Prezidenti” va Ibn Sino nomidagi stipendiya sohiflari yetishib chiqdi.

2013 – 2017-yillar davomida kafedra mudiri etib professor F.N. Nishonovning shogirdi dotsent N.E. Bozorov tayinlandi. U o‘z faoliyati davomida ko‘plab shogirdlarni tarbiyaladi, yosh olimlarni yetishib chiqishiga katta imkoniyat yaratdi.
2021-yil va hozirgi vaqtda kafedra mudiri sifatida Botirov Akram Qodiraliyevich boshqarib kelmoqda.
2023-yildan kafedra nomi “Jarrohlik kasalliklari”nomiga o`zgartirildi.
Kafedrada quyidagi olimlar yetishib chiqqan: t.f.d., professorlar Siddiqov O.S., Maxkamova M.N., O‘rinov A.Ya., Xodjimatov G‘.M., Shadmanov A.Q., Ibragimov S.S., Botirov A.K., t.f.d., dotsentlar Tadjibayev Sh.A., Qoraboyev U.M., t.f.n., dotsentlar Xakimov D.M., Raxmanov B.J., Sirojiddinov K.B., Abdullajanov B.R.,Bozorov N.E. Hamdamov X.X., fan nomzodlari Soibjonov A., Usmonov X.A., Turdiboyev M.,Usmonov U.D. Abdullayev U.U.,Xamidov F.SH. Xakimov I.S. Otaquziyev A.Z. Egamov S.Sh. va boshqalar


...

Abdullajonov Bahrom Rustamovich

t.f.d. professor

+998 (91) 487-40-94
...

Bozorov Nuriddin Ergashevich

t.f.n.dotsentt

+998 (90) 385-00-67
...

Tursunov Botir Qodirovich

t.f.n.dotsent

+998 (93) 411-11-10
...

Usmonov Umid Donaqoziyevich

t.f.n.dotsent

+998 (90) 571-21-44
...

Xamidov Fayoz Shovvozovich

t.f.n.dotsent

+998 (97) 999-77-96
...

Otaqoziyev Ahmadillo Zokirovich

PhD.dotsent

+998 (94) 380-60-00
...

Egamov Sarvar Shavkatbekovich

PhD.dotsent

+998 (93) 246-42-46
...

Botirov Jahongir Akromjon o`g`li

PhD.katta o`qituvchi

+998 (97) 324-47-71
...

Turgunov Sherzod Shokirovich

PhD.assistent

+998 (93) 783-75-17
...

Abdulxayeva Barnoxon Habibullo qizi

Assistent

+998 (91) 609-13-93
...

Turgunboyev Axror Abduvahobjon o`g`li

Assistent

+998 (90) 542-33-37
...

Qosimov Sarvar Muhammadshukur o`g`li

Assistent

+998 (99) 637-38-97
...

Ziyayev ShohruhAbdumannop o`g`li

PHD,assistent

+998 (91) 620-40-53
...

Qodirov Xushnudbek Mamatkarim o`g`li

Assistant

+998 (94) 565-37-05
...

Solijonov Ziyodillo Baxtiyor o`g`li

Assistent

+998 (91) 544-67-79
...

Raxmonov Bobir Boxodir o`g`li

Assistent

+998 (91) 490-04-77
...

Rasulov Murodjon Tursunboy o`g`li

Assistent

+998 (99) 008-32-93
...

Ismoilov Botirali Abdurashid o`g`li

Assistant

+998 (91) 179-99-94

Manzil: Jarrohlik kasalliklari kafedrasi АDTI klinikasi.

Kafedrada kompleks reja asosida quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy ishlar olib borilmoqda:
 Jarrohlikda laparoskopik usullarni amaliyotga tadbiq etish (o‘t yullari jarrohligi va urgent jarrohlik).
 Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligini davolash va asoratlarining oldini olish, davolash natijalarini yaxshilash, tashrix usullarini mukammallashtirish.
 Qalqonsimon bez kasalliklarini davolash,jarrohlik usullarini mukammallashtirish, kasallik tarqalishini o’rganish va davolash natijalarini yaxshilash.
 Portal tizim xirurgik kasalliklarini jarrohlik usulida va davolash natijalarini yaxshilash.
 Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarini jarrohlik yo’li bilan davolanish usullarini takomillashtirish, laporoskopik va endoskapik usullarni rivojlantirish, ya qin va uzoq natijalarni yaxshilash.
 Katta va gigant residiv ventral churralarda davolash usullarini takomillashtirish, asoratlarining oldini olish, davolash natijalarini yaxshilash.
 Jigar xirurgik kasalliklari va ularning asoratlarini kaminvaziv davolash usullarini takomillashtirish.
 Yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichak, ingichka ichaklar kasalliklarini davolash usullarini takomillashtirish, asoratlarining oldini olish, davolash natijalarini yaxshilash.
 Ko‘krak qafasi kasalliklarining davolash usullarini yaxshilash.
 Periferik qon tomir kasalliklarining davolash usullarini takomillashtirish.

Skip to content Click to listen highlighted text!