INSTITUTDA TTA BILAN HAMKORLIKDA YANGI LOYIHA START OLDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA TTA BILAN HAMKORLIKDA YANGI LOYIHA START OLDI

17:25 23.09.2024

Bugun, 23-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmatlari hamkorligida tibbiyot ilmini yosh mutaxassislarga chuqurroq o‘rgatish orqali yoshlar qalbida ustoz-shifokorlarga nisbatan cheksiz faxr tuyg‘usini uyg‘otish maqsadida Аbdug‘аffor Gаdаyev hаftаligigа stаrt berildi.

 

Mazkur jarayonda Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot kotibi G.Mirzayeva ishtirok etdi.

Unda dastlab institutning Axborot resurs markazi imkoniyatlari, undan o‘rin olgan professor Аbdug‘аffor Gаdаyevning kitoblari bilan yaqindan tanishildi. Mazkur adabiyotlardan foydalanayotgan talabalar bilan suhbat o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, institutning professor-o‘qituvchilari tomonidan A.Gadayev hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarga boy dars mashg‘lotlarida ishtirok etildi. Unda umrini tibbiyot ilmini rivojlantirishdek masʼuliyatli sohani tanlagan o‘zbek olimi, tibbiyot oliygohlari talabalari uchun eng koʼp kitob yozib, axborot resurs markazi fondini to‘ldirishda hanuz tashabusslarning oldingi qatorida turadigan muallif shifokor haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Abdullajonov bilan o‘tgan suhbat jarayonida esa talabalarni tibbiyot sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professorlarning ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ijodkor talabalarning ilmiy va ijodiy maqolalarini e’lon qilib borish yuzasidan kelishib olindi.

Aziz talabalar, siz ham mazkur loyihada ishtirok eting! Sizga o‘z ilmini beminnat ulashayotgan ustozlaringiz faoliyati haqida tengdoshlaringizga ulashing. Biz sizni o‘z maqolangiz va intervyularingiz bilan qatnashishga chorlab qolamiz!

 

Skip to content Click to listen highlighted text!