YANGI O‘QUV YILINING IKKINCHI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YANGI O‘QUV YILINING IKKINCHI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

16:43 28.09.2024

Bugun, 28-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida joriy o‘quv yilining ikkinchi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda an’anaviy tarzda qator yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilar taqdirlandi. Jumladan, joriy yilning avgust oyida Amerika Qo‘shma Shtatlarida malaka oshirib qaytgan 5 nafar ustozga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Institut rektori barcha ustozlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy qutladi va hamisha talabalarga bilim berib, ilm cho‘qqilarini zabt etishlari yo‘lida omad va zafarlar tiladi.

Shundan so‘ng, kun tartibidan o‘rin olgan, o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda Hemis dasturi haqida mas’ullar tomonidan hisobotlar o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, ilmiy kengash davomida Shvetsiyaning nufuzli Lund universitetida kardiologiya yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirib kelgan institutning Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi xodimi N. Badalboyeva malaka oshirish jarayonida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlarini taqdim etdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!