Ziyodillo Solijonov hamda Sardorbek Yaxyoyev tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi
Solijonov Ziyodillo Baxtiyor o‘g‘lining 14.00.27 – «Xirurgiya» ixtisosligi bo‘yicha «Surunkali toshli xoletsistit xirurgiyasida takomillashtirilgan kichik kesmali xoletsistektomiya tashrihining ahamiyati va o‘rni» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 27 sentabr kuni soat 14:00 dagi majlisida muvaffaqiyatli himoya qildi.
Yaxyoyev Sardorbek Mamasobir o‘g‘lining 14.00.27 – «Xirurgiya» ixtisosligi bo‘yicha «Torakoabdominal shikastlanishlarda tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 27 sentabr kuni soat 15:30 dagi majlisida muvaffaqiyatli himoya qildi.