Bugun, 3-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Xitoy Xalq Respublikasining Tsingdao universiteti klinikasi, Spinal xirurgiya bo’limi boshlig‘i, professor Chuanli Zhounini qabul qildi.
Unda institutning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor F.Rasulov, Travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi mudiri, professor Q.Xudoyberdiyev hamda bir guruh mas’ullar ishtirok etdi.
Uchrashuvda tomonlar Andijon davlat tibbiyot institutiga Spinal Endoskopir jarrohligining zamonaviy usullarini jalb etish, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi va talabalarning amaliyotini joriy etish bo‘yicha kelishib olindi.
Shu bilan birga, akademik mobillik doirasida bilim almashishning muhim ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, professor Chuanli Zhouni talabalarga “3-avlod Spinal Endoskopir jarrohligi” mavzusida ma’ruzalar olib bordi. Unda Travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasining professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.
Bunday hamkorliklar talabalarning zamon talablariga mos, xorij tibbiyoti bilan hamohang ta’lim olishlari kelajakda bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishda katta ahamiyat kasb etadi.