REKTOR VA TALABA-YOSHLAR UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR VA TALABA-YOSHLAR UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA

17:50 04.10.2024

Bugun, 4-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Davolash fakulteti talabalari bilan uchrashdi.

Unda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, Davolash fakulteti dekani D.To‘lanov va talabalar ishtirok etdi.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda institut rektori barcha sohalar qatori oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, professor-o‘qituvchi va talabalar uchun yaratilayotgan sharoit hamda imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, o‘z navbatida yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, o‘qib, o‘rganib, kelajakda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishlari lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, institut rektorining talabalar bilan muloqot qilishi doimiy an’ana ekanligini, ularning tashabbus va takliflarini amalga tatbiq etishga doimo tayyorligini bildirib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida qilinayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi.

Institutda va talabalar turar joyida odob-axloq qoidalariga rioya qilish muhimligi, kiyinish madaniyati, ichki tartib qoidalar haqida ham tushunchalar berildi.

Doimiy tarzda texnika, yong‘in xavfsizligi qoidalaridan xabardor bo‘lish elektr hamda tabiiy gazdan foydalanishda e’tiborlilik muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida talabalar taklif va tashabbuslarini bildirdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!