Bugun, 5-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov rahbarligida Andijon va Namangan viloyatlaridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining direktorlari ishtirokida onlayn hamda oflayn (gibrid) shaklda yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda kun tartibidagi masala bo‘yicha jamoat salomatlik texnikumlarida tahsil olayotgan o‘quvchilarni Germaniya bilan O‘zbekiston o‘rtasida migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha Germaniya davlatiga malaka oshirish kurslariga o‘qishga yuborish uchun amalga oshirilayotgan ishlar tahlili bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda hamshiralik yo‘nalishi mutaxassislarini, o‘qiyotgan o‘quvchilarga mukammal xorijiy tilni va kasbiy malakalarini egallagan mutaxassislarni tayyorlash hamda Germaniyaga yuborish masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tildi. Shu asosda texnikumlarda yo‘lga qo‘yilgan nemis tili to‘garaklari faoliyati haqida ma’lumotlar taqdim etildi.