Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR TALABALAR BILAN MULOQOT O‘TKAZDI

17:28 08.10.2024

Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov doimiy tarzda institut talabalari bilan uchrashib, ular bilan muloqot o‘tkazib kelmoqda.

Bugun, 8-oktabr kuni shu kabi muloqot Pediatriya fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Mazkur rektor va yoshlar uchrashuvida yoshlarni har tomonlama tashqi ta’sirlardan muhofazalash, ta’lim olish huquqlari, iqtidorli yoshlarga nisbatan davlat ko‘magini amalga oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Tadbirda institut rektori Prezidentimizning yoshlar haqida bildirgan fikrlari bu borada kun sayin rivojlantirilib borilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim va tarbiyaga oid o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, rektor institutda talabalarning Xalqaro olimpiadalar, Prezident va nomli davlat stipendiyalari, intellektual tanlovlar, sport musobaqalarida qatnashish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi, intiluvchan, faol yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

Qolaversa, rektor talabalarga axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lish, ingliz tilini mukammal o‘zlashtirish, tibbiyot sohasiga oid kitoblarning elektron shakllaridan shaxsiy kutubxona shakllantirish borasida muhim tavsiyalar berildi.

Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlarning taklif va mulohazalari eshitildi, ularning ta’lim, sport, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi muammo va takliflari eshitilib, ular yuzasidan institut mas’ullariga topshiriqlar berildi.

 

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!