VILOYAT HOKIMI BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VILOYAT HOKIMI BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHDI

11:46 09.10.2024

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tibbiyot sohasi rivojiga alohida e’tibor berilib, bu borada xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish, mutaxassislarni malaka va tajriba almashishlariga keng yo‘l ochib berish, yoshlarni yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga qaratilgan qator izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Tibbiyot muassasalarida esa yetuk malakali mutaxassislarga talab yetarlicha.

Bugun, 9-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bilan o‘tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida ayni shu masalalarga e’tibor qaratildi.

“Meni sizlardan umidim katta. Davlatimiz tomonidan sizlarga shunday imkoniyatlar yaratib berilyaptiki, bunga javoban faqatgina o‘qish va izlanish talab etiladi xolos. Bunga yangi qurib bitkazilgan 2000 o‘rinli o‘quv binosi hamda qayta qurib, ta’mirlanayotgan institut klinikasi yaqqol misol bo‘la oladi. Bularni barchasi sizning nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishlaringiz uchun xizmat qiladi. Bu esa tibbiyot sohasida juda katta ahamiyatga ega”,- dedi viloyat hokimi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida viloyat rahbari mutasaddilarga bitiruvchilarni viloyatdagi tibbiyot muassasalari faoliyati bilan tanishtirish hamda ularni tegishli tartibda biriktirish va talabalarning takliflariga binoan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan topshiriqlar berdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!