INSTITUTDA “ACN GROUP OF INSTITUTIONS” KOMPANIYASI RAHBARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “ACN GROUP OF INSTITUTIONS” KOMPANIYASI RAHBARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

16:25 10.10.2024

Bugun, 10-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga Hindistonning “ACN group of  Institutions” kompaniyasi rahbari Dr.M.S.Khan,  Aligarh Ayurvedic Medical Institute rahbari va professorlari tashrif buyurdi.

Ular bilan institut rektori M.Madazimov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor F.Rasulov uchrashib, hamkorlik masalalarida suhbatlashdi.

Uchrashuvda Ayurveda (Hindiston xalq tabobati) sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mazkur soha bo‘yicha institutning Xalq tabobati yo‘nalishi talabalariga mahorat darslari o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga Andijonda Ayurvedik sog‘lomlashtirish markazi tashkil etish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. Mazkur tashrif davomida hindistonlik mutaxassislar tomonidan talabalarga mahorat darslari o‘tkazish belgilangan  bo‘lib, ular yuzasidan aniq rejalar tuzib olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mustahkam hamkorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alarini almashdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!