Ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanal orqali tarqalgan “Абу Ҳурайраҳни лох қилган андижонлик талаба” sarlavhasi ostidagi xabar yuzasidan Andijon davlat tibbiyot instituti quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur xabarda institutning 5-bosqich talabasi deb keltirilgan Abazbekov Musobek Akmalbek o‘g‘li (aslida Avazbekov Musabek Akmalbek o‘g‘li) ayni damda Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi hisoblanmaydi. Boisi, u 2021-yil 2-dekabrda (2-bosqich talabasi bo‘lgan paytda) institut rektorining 611-sh-sonli buyrug‘iga asosan o‘z arizasiga binoan talabalar safidan chiqarilgan. Shuningdek, Abu Hurayrah Muhammad (institutdagi hujjatlarda Abu Hurayra Ashraf) 2022-yil 14-iyul kungi institut rektorining 402-sh-sonli buyrug‘iga asosan talabalar safidan chiqarilgan.
Shu boisdan, M.Avazbekov hamda Abu Hurayra Ashrafni Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi sifatida tanishtirish o‘rinli emasligini ma’lum qilamiz.