Bugun, 22-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, Xalqro hamkorlik bo‘yicha prorektor F.Rasulov Koreyaning Deagu Haany universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Song Jichung, bo‘lim mutaxassislari hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning mas’uli Song Youngil bilan uchrashib muloqot o‘tkazdi.
Unda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, yozgi amaliyotlarni tashkil qilish, Koreya xalq tabobatining «akupunktura» (meridian nuqtalarga igna sayish) metodikalari bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Mazkur takliflar yuzasidan mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi.
Shuningdek, koreyalik mutaxassislar tomonidan xalq tabobatini rivojlantirish masalalariga oid loyihalar taqdimoti namoyish etildi. Uchrashuv davomida tomonlar qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib oldi.