Bugun, 23-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda an’anaviy tarzda qator yutuqlarga erishgan, ilmi unvon hamda ilmiy darajaga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va xalqaro tanlov hamda olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar taqdirlandi.
Institut rektori M.Madazimov ushbu yutuqlarga erishgan institut jamoasini samimiy qutladi va hamisha ilm cho‘qqilarini zabt etishlari yo‘lida omad va zafarlar tiladi.
Shundan so‘ng, kun tartibidan o‘rin olgan, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha 2023/2024- o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, saylov jarayonlarini o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar tomonidan hisobotlar o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, ilmiy kengash davomida jahon reytingida yuqori o‘rinlarni band etgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish borasida taklif, fikr-mulohazalar bildirildi.