REKTOR DAVOLASH FAKULTETI 4-BOSQICH TALABALARI BILAN MULOQOT O‘TKAZDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR DAVOLASH FAKULTETI 4-BOSQICH TALABALARI BILAN MULOQOT O‘TKAZDI

16:47 25.10.2024

Bugun, 25-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Davolash fakulteti talabalari bilan uchrashdi.

Unda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, fakultet dekani D.To‘lanov va talabalar ishtirok etdi.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda institut rektori barcha sohalar qatori oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, professor-o‘qituvchi va talabalar uchun yaratilayotgan sharoit hamda imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, o‘z navbatida yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, o‘qib, o‘rganib, kelajakda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishlari lozimligini ta’kidladi.

Yigʻilishda yoshlarning maʼnaviy dunyosini boyitish, kitob oʻqishni targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirish orqali turli tanlovlar hamda musobaqalar oʻtkazish jinoyatlarning kelib chiqishini oldini olishga asosiy omil boʻlishini tushuntirib oʻtildi.

Uchrashuv davomida talabalar institut ichki tartib-qoidalari, o‘quv jarayonlari va yakuniy nazorat tizimi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Institutda va talabalar turar joyida odob-axloq qoidalariga rioya qilish, kiyinish madaniyati, kuz-qish mavsumida texnika xavfsizligigga amal qilish yana bir bor ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 284-sonli buyrug‘ida keltirilgan  tibbiyot xodimlari, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari va o‘qituvchilariga belgilab berilgan kiyinish madaniyati haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida talabalar taklif va tashabbuslarini bildirdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!