“TIBBIYOTDA SIMULYATSION TA’LIM: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, ISTIQBOLLAR” MAVZUSIDA XORIJIY OLIMLAR ISHTIROKIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TIBBIYOTDA SIMULYATSION TA’LIM: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, ISTIQBOLLAR” MAVZUSIDA XORIJIY OLIMLAR ISHTIROKIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

16:47 08.11.2024

Bugun, 8-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Tibbiyotda simulyatsion ta’lim: muammolar, yechimlar, istiqbollar” mavzusida xorijiy olimlar ishtirokida respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda Rossiya, Ispaniya, Dog‘iston, Turkiya, Boshqirdiston, Germaniya, Belarusiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlardan olimlar hamda respublikamiz tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan va viloyatlardan kelgan soha mutaxassislari onlayn va oflayn (gibrid) tarzda ishtirok etdi.

Anjuman avvalida institut rektori M.Madazimov  anjuman mavzusining qanchalik dolzarbligi va ahamiyati haqida so’z yuritdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. A.Xudayarovning anjuman qatnashchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Xorijlik mutaxassislar tomonidan ham onlayn va oflayn tarzda tabrik so‘zlari yetkazildi. Anjumanning Plenar kengashidan so‘ng mutaxassislar 3 ta seksiyaga bo‘lingan holda o‘z ma’ruzalarini tinglovchilarga taqdim etdi.

Shuningdek, anjuman doirasida mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiyaning “SINTOMED” simulyatsiya markazi rahbari Kim Yevgeniy Vladimirovichning “Mutaxassislarni tayyorlashda “BESTA” endojarrohlik simulyatsion o‘qitish va sertifikatlash dasturidan foydalanish” hamda ROSOMED kengashi a’zosi, tibbiyotda simulyatsiya bo‘yicha ekspert, anesteziolog-reanimatolog Verevkin Anatoliy Yevgeniyevichning “ARES robot-bemordan foydalanish misolidan tibbiyotda simulyatsion o‘qitish asoslari” mavzularida amaliy mashg‘ulotlari olib borildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!