INSTITUT REKTORI 2- O‘QUV BINODAGI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATLARINI O‘RGANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI 2- O‘QUV BINODAGI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATLARINI O‘RGANDI

09:54 05.12.2024

Bugun, 5-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutning 2-o‘quv binosida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan tanishdi.

Rektor dastavval binodagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ko‘mir zahirasi, isiutish vositalari bilan tanishdi va kamchiliklar borasida mas’ullarga kerakli topshiriqlarni berdi. Shundan so‘ng Laborotoriya xonalarida bo‘lib, sharoitlarni o‘rgandi. Shuningdek, har bir  o‘quv jarayonlarini tibbiy jihozlar, laboratoriya jarayonlari, elektron darsliklardan foydalangan holda amaliyotga bog‘lash, bu borada talabalarning ham faolliklarini oshirish borasida takliflarini bildirdi.

Institut rektori talabalar bilan ham uchrashib, zamonaviy o‘quv binosidagi kayfiyat bilan o‘rtoqlashdi. Ularga bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlardan oqilona foydalangan holda bor kuch-g‘ayratni ilmga safarbar etish, malakali mutaxassis bo‘lish uchun intilib, ustozlardan bilim olish, natijada yuqori marralarni egallashlari borasida ham ta’kidladi. Shuningdek, talabalarga institutdagi tartib qoidalar, kiyinish odobi, darsdan so‘ng bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etish, ustoz-shogirt an’anasini yanada mustahkamlash, salbiy illatlar ta’siriga tushib qolmaslik borasida ham ma’lumotlar berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!