Andijon davlat tibbiyot institutining 2024-2025-o‘quv yiliga o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalarining yakuniy nazorat ishi topshirishlari tartibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, quyidagi sinov turlari amalga oshiriladi.
- Test shaklida. Ushbu shaklda umumiy nazorat balini 20 % i beriladi. Unda talabalarga yakunlanayotgan fanlardan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan testlar har dars jarayonida mavzu bo‘yicha berib borilgan.
- Yakuniy nazoratning kafedra bosqichi. Unda yakuniy balni 80% ini beriladi. Mazkur bosqich kafedrada tashkil etilgan va dekanat tomonidan tasdiqlangan imtihon oluvchilar tomonidan og‘zaki, yozma, OSKE yoki OSE usulda, amaliy, yozma shakllarda (kafedra imkoniyatlardan kelib chiqqan holda) olinadi.
Yakuniy nazorat topshirish sanalari haqidagi ma’lumot qo‘shimcha tarzda e’lon qilinadi.