Joriy yilning 12-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Andijon shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda “Boʻsh ish oʻrinlari” mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda institutining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boʻshlig‘i A.Ziyayev, Karyera markazi boʻlimi boʻshlig‘i A.Soliyev va institutning professor-oʻqituvchilari hamda institutning talabalari ishtirok etdi.
Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish soʻzi bilan ochib berdi hamda barcha talabalarni tadbirda faol ishtirok etishga hamda oʻzlariga mos ish oʻrinlariga ega boʻlgan holda sohani mukammal egallashga intilishlari muhimligini taʼkidlab oʻtdi.
Mehnat yarmarkasida Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan 30 ga yaqin tashkilot, korxona va muassasalar oʻzlaridagi mavjud 300 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi.