Bugun, 19-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijdokorlar va talaba-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Chorsham Ro‘ziyev, atoqli oʻzbek madaniyat va sanʼat fidoyisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbek musiqachilik sanʼati rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan shoir va xonanda Nuriddin Aminjonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Mirzokarim Toshboltayev ishtirok etdi.
Mehmonlar “Andijon polkasi” sadolari ostida, ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi.
Ular dastlab, institut fakultetlarining erishgan yutuqlari, talabalarning yaratgan ixtirolari, simulyatsion jihozlar yordamida bajarilgan mahorat mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdi. Yoshlarning shijoati va intiluvchanligini alohida e’tirof etdi hamda ularning kelajakdagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat tiladi.
Shundan so‘ng, ijodkorlar va talabalar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda ijodkorlar o’zlarining ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritdi. Hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Talabalar mehmonlarning she’rlaridan yod oldi. Badiiy asarlari haqida ma’lumotlar taqdim etdi. Uchrashuvda ijodkorlar o‘z kitoblaridan namunalarni talabalarga esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etdi. Badiiy kechada talabalarning ham fikrlari, ijod namunalari tinglandi va ijodkorlarga institut rektorining esdalik sovg‘alari topshirildi. Viloyatning xushovoz xonandalari tomonidan kuylangan taronalar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.