ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI XALQARO MAXSUS AKKREDITATSIYADAN O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI XALQARO MAXSUS AKKREDITATSIYADAN O‘TDI

10:47 20.12.2024

Yil yakuni muvaffaqiyatlarga boy bo‘lmoqda. Аndijon davlat tibbiyot institutining davolash ishi (o‘zbek, rus va ingliz tilida), stomatologiya fakultetlari taʼlim dasturlari Qozog‘iston Respublikasining ECAQA (The Euroasian Sentre for Accreditation and Quality Assurance in Higher Education and Health Care) markazi tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

📝Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar markaz tomonidan taqdim qilindi.

✅Ma’lumot uchun, Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishdan maqsad taʼlim dasturlari va institutni xalqaro sifat standartlariga muvofiqligini aniqlashdir.

⚡️Institutni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishi institut tomonidan berilayotgan malakalar xalqaro darajada tan olinadi,
⚡️taʼlim va xizmatlarning sifati kafolatlanadi hamda ularning xalqaro talablarga muvofiqligi tekshiriladi,
⚡️institutning nufuzi ortadi va bitiruvchilarga taqdim etilayotgan diplomlar xalqaro miqyosida tan olinadi,
⚡️institut faoliyati, taqdim etilayotgan taʼlim dasturlari darajasi sifat jihatidan baholanadi, foydalanilmagan imkoniyatlar, salohiyat va rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida obʼyektiv maʼlumot olish imkoniyati paydo bo‘ladi,
⚡️institutning jahon taʼlim tizimiga keng integratsiyalashuviga va taʼlim xizmatlarining tashqi bozorga chiqishiga keng imkoniyatlar ochiladi,
⚡️institutning xalqaro imiji oshadi,
⚡️taʼlim xizmatlarining milliy va xalqaro bozorda raqobatbardosh mavqei mustahkamlanadi,
⚡️xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Skip to content Click to listen highlighted text!