Bugun, 16-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov yangi 2000 o‘rinli o‘quv binosi imkoniyatlarini yana bir bor ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida binoga o‘rnatilayotgan nazorat kameralarining ishlash jarayoni, issiqlik tizimining sozligi, ko‘mir zaxirasining yetarli ekanligi bilan yaqindan tanishildi. Amaliy ishlarning yanada samaradorligini oshirish yuzasida mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, institut rektori talabalar va professor- o‘qituvchilar bilan ham uchrashib, dars jarayonlari bilan tanishib, talabalar bilan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida 1-semestr yakuniy imntihonlari, ularga tayyorgarlik, darslarning sifati, amaliy jarayonlarning o‘tkazilayotganligi borasida yoshlarning fikrlari bilan o‘rtoqlashildi. Ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha dekanatlarga kerakli topshiriqlar berildi.