Bugun, 27-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutning 2000 o‘rinli o‘quv binosida bo‘lib, talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi.
Muloqot davomida rektor talabalarga dars jarayonlariga o‘z vaqtida qatnashish, fanlarni yaxshi o‘zlashtirish, kiyinish va odob-axloq qoidalariga rioya qilish muhimligi haqida tushuntirish ishlarini olib bordi.
Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari, buning uchun institut Axborot resurs markazida ko‘plab kitoblar mavjudligi, Talabalar turar joyida ko‘plab to‘garaklar faoliyat yuritayotganligi, Simulyatsiya markazida nazariy bilimlarini amaliyotda mustahklash imkoniyatlari mavjudligi haqida so‘z yuritdi. Yoshlarning bilimlarini doimiy tarzda boyitib borish kelajakda sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlarida katta ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilarga dars va amaliy mashg‘ulotlar davomida zamonaviy tibbiy, ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish zarurligini ta’kidladi.