Bugun, 29-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab an’anaviy tarzda ilmiy unvon va darajalarga ega bo‘lgan institut professor-o‘qituvchlari taqdirlandi. Ularga diplomlar topshirildi.
Shundan so‘ng, institut rektori M.Madazimov ilmiy kengash kun tartibidan o‘rin olgan “Institutning 2023/2024-o‘quv yilidagi faoliyati” to‘g‘risida hisobotni traqdim etdi.
Unga ko‘ra, institutda fan, tibbiy ta’lim, talabalar amaliyoti, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, xorijiy til sertifikatlarini olish, xorijlik mutaxassislarni dars jarayonlariga jalb etish, proefessor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tizimli yo‘lga qo‘yish, ilmiy salohiyatni oshirish, qo‘shimcha o‘quv, talabalar turar joy binolarini barpo etish, institut moddiy-texnik bazasini boyitish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga fakt va raqamlar asosida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, o‘tgan o‘quv yilida erishilgan yutuqlar e’tirof etilib, yangi o‘quv yilida bundanda ulkan marralarni zabt etish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.