Joriy yilning 9-yanvar kuni “Komporuz” telegram kanalida e’lon qilingan xabar yuzasidan Andijon davlat tibbiyot instituti axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ma’lumki, to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’limga qabul qilingan talabalar va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida shartnoma imzolanadi. Unga ko‘ra, talaba to‘lov-kontrakt miqdorini vaqtida amalga oshirishi, xususan yanvar oyigacha to‘lovning 50 foizi miqdorini amalga oshirgan bo‘lishi lozim. Institutning fakultetlari dekanati tomonidan esa 6-bosqich kontrakt shartnomasidan va kutubxonadan qarzdorligi bor talabalar vaqtida to‘lashligi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Shunga qaramay, barcha talabalar yakuniy attesstatsiya imtihoniga kiritilgan.