Skip to content KASABA UYUSHMA QO‘MITASINING HISOBOT-SAYLOV KONFERENSIYASI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KASABA UYUSHMA QO‘MITASINING HISOBOT-SAYLOV KONFERENSIYASI O‘TKAZILDI

16:19 15.02.2025

Bugun, 15-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda institut rektori M.Madazimov, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Andijon viloyati kengashi raisi A.Arziyev, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Andijon viloyati bo‘yicha mehnat-huquq inspektori Sh.Dehqonov va institut xodimlari ishtirok etdi.

Konferensiya avvalida institut Kasaba uyushma qo‘mitasi raisining 5 yillik hisoboti tinglandi. Tadbirda so‘z olganlar kasaba uyushmasini rivojlantirish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xodimlarga yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, konferensiya delegatsiyasining a’zolari institut Kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga o‘tkazilgan saylovda ishtirok etdi. Jami 50 nafar saylovchi ishtirok etgan saylov natijalariga ko‘ra, 38 ta ovozga ega bo‘lgan holda Abduraxmanov Akmalbek Hoshimovich institut Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylandi.


Andijon davlat tibbiyot instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibiga fakultetlardan Go‘yoxon Yuldasheva, Umidjon Mamajonov, Akmal Tojiboyev, Muzaffar Nosirov, Nosirbek Kasimov, Qunduzbek Qodirov saylandi.

Shuningdek, qo’mitaning taftish komissiyasi raisi sifatida Abduvaliyev To‘lqinjon Abduxalimovich saylandi. Mazkur komissiya a’zlari etib, Sherzodjon Abdukodirov, Shohruh Sapioxunov, Komil Mamarasulov saylandi.

adti.uz
Would like to send you notifications