
Bugun, 17-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Yevropaning NASCE va Qozog’iston Respublikasining BERTAS.KZ kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar institutda simulyatsion taʼlimni yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish masalasidagi imkoniyatlarni muhokama qilindi.
Xorijlik mutaxassislar qator loyihalar va rejalar haqida ma’lumot berib, tanishtirib o‘tdi.
Bugungi kunda Andijon davlat tibbiyot instituti Simulyatsion markazi eng so‘nggi texnologiyar, robot-simulatorlar bilan jihozlangan. Mazkur markazda talabalar nazariy darslarda olgan bilimlarini amalda qo‘llab, davolash, tez tibbiy yordam ko‘rsatish va jarrohlik amaliyotlarining ilk ko‘nikmalarini egallaydilar.