
Bugun, 28-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab an’anaviy tarzda ilmiy unvon va darajalarga ega bo‘lgan institut professor-o‘qituvchlari taqdirlandi. Ularga diplomlar topshirildi.
Shundan so‘ng, institut rektori M.Madazimov ilmiy kengash kun tartibidan o‘rin olgan masalalar bilan tanishtirdi.
Mas’ullar tomonidan institutning xalqaro akkreditatsiya natijalari, kafedralarning ichki attestatsiya bo’yicha hisoboti, dekanatlar faoliyati bo‘yicha hisobotlar taqdim etildi.
Shuningdek, rektor institutda fan, tibbiy ta’lim, talabalar amaliyoti, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, talabalarni xorijiy til sertifikatlarini olishga yo‘naltirish, xorijlik mutaxassislarni dars jarayonlariga jalb etish, xalqaro proefessor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tizimli yo‘lga qo‘yish, ilmiy salohiyatni oshirish borasida muhim topshiriqlar berdi.