
Andijon shahridagi 1-oilaviy poliklinikaga qarashli “Ishchilar” MFY Xorabek ko‘zi ojizlar jamiyati hududidagi fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rik tashkil etildi.
Unda 14 nafar professor-o‘qituvchilar 250 nafar fuqarolarning salomatligini tekshirdilar. UZI, EKG va klinik laborator tekshiruvlari ham o‘tkazilib, natijalarga ko‘ra mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, 4 nafar bemorlarning uylarida ham ko‘ruvlar tashkil etilib, ularga kerakli maslahatlar berildi. Unda institutning bitiruvchi bosqich talabalari ham ishtirok etib, bemorlar bilan bevosita muloqotda bo‘ldilar.
Ko‘ruvlardan so‘ng aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish borasida davra suhbatlari ham olib borilib, bahor mavsumida tabiiy mahsulotlarni iste’mol qilish foydali ekanligi ta’kidlandi.