Har bir yosh davrning o‘ziga xos qiyinchiliklari mavjud, bu qiyinchiliklarni yengishdagi noto‘g‘ri munosabat yoki qadam tufayli inson hayotida salbiy burilishlar vujudga kelishi mumkin. Institut psixologi tomonidan talabalar va xodimlar uchun biblioterapevtik usullar ishlab chiqildi.
Bunga ko‘ra institut talabalari va hodimlarining kitob mutoalaasiga yanada qiziqishini oshirish maqsadida, fakultet talabalari bilan uchrashuvlar, davra suxbatlari o‘tkazilmoqda. Uchrashuvlar davomida talabalardagi mavjud muammolar o‘rganilib, muhokama qilinmoqda.
Muammolarni bartaraf etish maqsadida talabalarga o‘qishi tavsiya etiladigan badiiy-publisistik adabiyotlar ro‘yxatlari taqdim etilmoqda.