
Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov Italiyaning Laquila universitetida boʻlib oʻtayotgan I2-PLEDGE loyihasining navbatdagi uchrashuvi va malaka oshirish kurslarida boʻlib turibdi.
Bugun, 29-may kuni delegatsiya aʼzolari qatorida institutimiz prorektori Italiyaning yetakchi universitetlari bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tibbiyot fakulteti va klinika mas’ul xodimlari bilan uchrashuvlarda ishtirok etdilar.
Unda Nevrologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari insultdan keyingi bemorlarni erta tashxislash, davolash va eng muhimi, reabilitatsiya qilish, endovaskulyar kardiologlar – zamonaviy texnologiyalar yordamida yurak patologiyasini davolash, tibbiy reabilitatsiya bo‘yicha kengaytirilgan mavzularni joriy etgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish zarurati masalalari muhokama qilindi.