Skip to content “DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDAGI ISHLAR TAHLIL QILINDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDAGI ISHLAR TAHLIL QILINDI

13:39 14.06.2025

Bugun, 14-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov tomonidan institutda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va jismoniy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarni jadallashtirish maqsadida mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda prorektorlar, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi. Tanqidiy, tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda  “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. Loyiha doirasida institutda reja-jadval tuzilgan bo‘lib u asosda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, fan to‘garaklarini doimiy tarzda o‘tkazish, ularga talabalar, mahallalarning uyushmagan yoshlari, o‘quvchilarni jalb qilish tartibi tushuntirib o‘tildi.

Rektor bu kabi tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari, bilim olishlari va albatta sport bilan shug‘ullangan holda sog‘lom bo‘lishlariga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, mas’ullarga “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan tadbirlar sifati va qamrovini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Fakultetlar dekanlariga talabalarnig shartnoma qarzdorliklarini bartaraf etishlari yuzasidan topshiriqlar berildi.

adti.uz
Would like to send you notifications