O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishga ko’maklashish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar «to’g’risidagi 2025-yil 14-fevraldagi PQ – 61-son qarori ijrosini ta’minlash, jumladan respublika oliy ta’lim tashkilotlarida «Kelajakka qadam» markazininng hududiy bo’linmalarni tashkil etish orqali bitiruvchi talabalarni o’zini-o’zi band qilishi va ishga joylashishga ko’maklashish maqsadida institutimizda ham «Kelajakka qadam» markazining hududiy bo’limi tashkil qilingan edi.


Tashkil etilgan «Kelajakka qadam» markazi xodimlari tomonidan doimiy ravishda faoliyat olib borish jarayonida institutimizning bitiruvchi kurs talabalari orasida tadbirkorlikni yo’lga qo’yish va biznes g’oyalari mavjud bo’lgan talabalar loyihalarini ekspertizadan o’tkazish hamda biznes g’oyalari tayyor bo’lgan talabalarga kredit ajratish ishlari davom etmoqda.
Hozirda institut bo‘yicha 14 nafar bitiruvchi kredit olgan.


Bugun, 10-iyul kuni institut rektori M.Madazimov boshchiligida fakultet dekanlari, mas’ullar 6 nafar talabalarni biznes loyihalari tayyorlanib hujjatlari «Milliy bank» AJ taqdim etildi. Kredit hujjatlari rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, institutning yana 20 nafar talabasining biznes loyihalari tayyorlangan bo‘lib, ular ekspertizadan o‘tkazish jarayonida.