KITOBXONLIK TANLOVI: BILIM, TAFAKKUR VA MA’NAVIYAT BELLASHUVI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KITOBXONLIK TANLOVI: BILIM, TAFAKKUR VA MA’NAVIYAT BELLASHUVI

14:48 18.07.2025

Bugun, 18-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot instituti va Marhamat tumani Axborot-resurs markazi hamkorligida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual saviyasini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Jahonda kitobdan yaxshi do‘st yo‘q” mavzusida debat tashkil etildi.

Unda tumanda istiqomat qiluvchi yoshlar faol ishtirok etdi. Debat davomida o‘quvchilar o‘zlariga berilgan mavzular bo‘yicha fikr almashib, faktlar asosida bellashdilar.

Tadbirda ishtirok etgan ustozlar kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning tafakkur va dunyoqarashini shakllantirishdagi ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ishtirokchilar kitob mutolaasi orqali bilim va ma’naviyat darajasini oshirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish imkoniyati haqida so‘z yuritdi.

She’riyatga oshno bolajonlar tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf qalamiga mansub she’rlardan o‘qidi.

Yakunda faol qatnashchi yoshlar institut rektori tomonidan berilgan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Skip to content