“DOLZARB 90 KUN” LOYIHASIDA IJODKOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“DOLZARB 90 KUN” LOYIHASIDA IJODKOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

14:02 28.07.2025

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Navbatdagi shu kabi tadbir Xo‘jaobod tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Xo‘jaobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zolari, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mas’ullari, Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya va Farmatsiya fakultetlarining dekan va dekan o‘rinbosarlari, institut Axborot-resurs markazi rahbar xodimlari, maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

“Kitob mening hayotimda” mavzusida tashkil qilingan davra suhbatida so‘z olgan ustozlar kitobning inson hayotidagi o‘rni, tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishdagi beqiyos roli haqida chuqur mulohazalar yuritishdi.

Kitob — bilim manbai, ma’naviy ozuqa, eng yaqin do‘st. Tadbirda ana shu fikr asosida quyidagi jihatlar alohida ta’kidlandi. Kitob inson tafakkurini o‘stiradi, uni mulohaza yuritishga, haqiqatni izlashga undaydi. Ishtirokchilar o‘z sevimli asarlari, mualliflari va ular hayotida qanday iz qoldirgani haqida samimiy fikr bildirishdi.

Ustozlar va o‘quvchilar sevimli shoirlarining she’rlaridan, masallar o‘qidi, ulardagi ma’naviy-axloqiy mazmun ustida fikr yuritildi. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan musiqiy va badiiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kutubxona madaniyatini rivojlantirish va raqamli davrda ham kitobga bo‘lgan muhabbatni yo‘qotmaslik haqida muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Tadbir ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi. Kitob inson hayotini ma’noga to‘ldiruvchi eng katta boylik ekani yana bir bor e’tirof etildi. Faol qatnashchilarga institut rektorining tashkkurnomasi topshirildi.

Skip to content