Rektor institut klinikasida yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Rektor institut klinikasida yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi

14:05 28.07.2025

Andijon davlat tibbiyot institutining klinikasi zamonaviy standartlar asosida bunyod etilmoqda. Ayni paytda qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Institut rektori Madamin Madazimov klinika xonalarining holati, u yerda yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yana bir bor yaqindan tanishdi. Rektor qurilish jarayonidagi muhim jihatlarga — bemorlar uchun qulay sharoitlar, yorug‘lik, shinamlik, isitish tizimlari, gigiyenik vositalar, yuvinish va hojatxonalar sifatiga alohida e’tibor qaratdi.

– Bemorlarga klinikada shifo topishlari uchun eng birinchi navbatda kerakli sharoitlarni yaratishini muhim.  Boisi, shifokor mas’uliyati bilan bir qatorda, muassasa qulayligi, ozodaligi va zamonaviy imkoniyatlari ham alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan har bir ishingizga sidqidildan yondoshishingizni so‘rab qolaman — deya, ta’kidladi rektor.

Shuningdek, joriy yilning 15-16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatimizga bo‘lgan tashrifida Prezidentimiz tibbiyotda Andijon brendini yaratish bo‘yicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi. Bu borada o‘tgan yili 650 o‘rinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga o‘tkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard so‘m berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni o‘zida ham o‘qish, ham amaliyot o‘tash imkonini beradi. Institutimizdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yo‘lga qo‘yish, klinika yoniga travmatologiya, pediatriya va jarrohlik, ginekologiya bo‘limini qurib, klasterga aylantirish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlangan edi.

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan klinika hududida yangitdan 5 qavatli bino qurish uchun poydevor qazish ishlari boshlangan. Binodan Ginekologiya, Travmatologiya, Bolalar jarrohligi, Rekonstruktiv jarrohlik va Pediatriya bo‘yicha o‘quv-amaliyot bo‘limlari bilan birgalikda talabalar uchun auditoriyalar, maʼruza zallari va kafedralar o‘rin olishi rejalashtirilgan.

Rektor quruvchilar va mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar, tavsiya va vazifalar belgilab berdi.

Skip to content