REKTOR TALABALAR TURAR JOYIDAGI QURILISH JARAYONLARI BILAN YAQINDAN TANISHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR TALABALAR TURAR JOYIDAGI QURILISH JARAYONLARI BILAN YAQINDAN TANISHDI

13:25 30.08.2025

Bugun, 30-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor Madamin Madazimov talabalar uchun mo‘ljallangan, 400 o‘rinli kapital ta’mirdan chiqarilayotgan talabalar turar joyi binosidagi qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Rektor qurilish maydonini ko‘zdan kechirar ekan, ishlarning sifati va sur’atiga alohida e’tibor qaratdi. Binoni loyihalashdan tortib, ichki infratuzilmasigacha bo‘lgan har bir bosqichda talabalar uchun qulayliklar yaratilishiga urg‘u berdi.

Quruvchilar va mas’ullar bilan suhbat davomida rektor quyidagilarni ta’kidladi:

«Mazkur qurilayotgan binolar nafaqat talabalar uchun qulay yashash sharoitini yaratadi, balki ularning samarali bilim olishiga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga ham xizmat qiladi. Eng muhimi, ota-onalar farzandlari xavfsiz va shinam joyda ekanligidan ko‘ngli xotirjam bo‘ladi. Shu boisdan barchangizdan ikki karra mas’uliyat bilan harakat qilishingizni so‘rayman»

Uchrashuv davomida rektor qurilish jarayonida aniqlangan muammolar yuzasidan aniq tavsiyalar berib, mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalarni yukladi. Ishlar belgilangan muddatda, yuqori sifat bilan yakunlanishi lozimligi qat’iy ta’kidlandi.

Talabalar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar – ularning hayoti va ta’lim sifati uchun muhim zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.

Skip to content