Andijon davlat tibbiyot institutida 1-bosqich talabalari uchun tanishuv va “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi davom etmoqda.
Bugun, 4-sentabr kuni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov tomonidan ham darslar olib borilmoqda.


Dars davomida talabalarga Andijon davlat tibbiyot instituti faoliyati, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklari, tanlov fanlarni maqsadli tanlash, talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan ma’lumot berilmoqda. Shuningdek, yoshlarga institut ichki tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati, darslarda faol ishtirok etish, bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etishda to‘garaklarga qatnashish, axborot-resurs markazidan unumli foydalanish, har bir darslarga interfaol usullarda, kreativ yondashish haqida atroflicha tushuntirib o‘tilmoqda.


Shuningdek, “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston podevori” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham o‘tkazildi. Unda talabalarga Mustaqillikka erishish, ungacha bosib o‘tilgan yo‘llar, ilm-ma’rifat uchun kurashgan jadidlar harakati, Yangi O‘zbekistonni yuksaltirishda yoshlarning o‘qib-izlanishlari, katta muvaffaqiyatlarga erishish borasida ma’lumotlar berib o‘tildi.



Haftalik doirasidagi darslar kafedralarda ham o‘tkazib kelinmoqda.

