Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalariga e’tibor qaratish bugunning muhim vazifalaridan biridir. Bu borada Andijom davlat tibbiyot institutida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.


Bugun, 4-sentabr kuni Davolash fakultetining 1-bosqich talabalari ishtirokida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish borasida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov, Davolash fakulteti dekani o‘rinbosari M.O‘lmasov hamda tyutorlar ishtirok etdi.



Tadbir davomida talabalarga Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi faoliyati, maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, korrupsiya, uning kelib chiqish sabablari, bartaraf etish chora-tadbirlari, korrupsion holatga yo‘l qo‘ygan shaxslar qonun oldida barobar javob berishlari haqida tushuntirib o‘tildi.
Tadbir yakunida “Korrupsiya o‘zi nima?” mavzusidagi videoroliklar taqdim etildi va bu borada talabalarning ham fikrlari o‘rganildi.



