“KREDIT TAʼLIMI TIZIMIGA KIRISH” DARSLARI DAVOM ETMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“KREDIT TAʼLIMI TIZIMIGA KIRISH” DARSLARI DAVOM ETMOQDA

13:24 05.09.2025

Bugun, 5-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida 1-bosqich talabalari uchun “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi doirasida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi F.Xojimatov tomonidan “Mustaqillik darslari” doirasida qatag‘on qurbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot avvalida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlari, institutning rektori, prorektorlar, rektor maslahatchilari, fakultetlar dekan va dekan o‘rinbosarlari bilan tanishtirib, ular haqida ma’lumotlar berdi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda institut boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tdi.

Shuningdek, jadid bobolarimiz faoliyatini o‘rganish, ularning ibratli hayoti va ijodi bilan tanishish, katta tajriba va mahorat maktabi sifatida ko‘rish, bizga meros bo‘lib qoldirgan asarlari va g‘oyalari, ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligi haqida so‘z yuritdi.

Skip to content