“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN KURASHISH” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN KURASHISH” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

13:13 12.09.2025

Tinchlik bor yurtda farovonlik, taraqqiyot, ilm-maʼrifat yuksaladi. Yangi Oʻzbekistonda esa barcha sohalar kundan-kun taraqqiy etib bormoqda. Bu esa albatta, tinchlikning ulugʻ neʼmatidir.

Bugun, 12-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida «Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish» hamda «Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori» mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Andijon viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Yoʻldoshev, qoʻmitaning Andijon shahar boʻlimi bosh mutaxassisi A.Muzrafxonov hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, talabalar ishtirok etdi.

 

Dastlab, «Inson qadri» mavzusida film namoyish etildi va bu borada talabalarning fikrlari oʻrganildi. Davra suhbati davomida mutaxassislar tomonidan talabalarga diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalari tushunchasi, hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch,  turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro  hurmat, teng huquqlilik, tinchlik va totuvlikning naqadar yuksak tuygʻu ekanligi borasida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish, oʻqib-izlanish kerakligi haqida ham taʼkidlab oʻtildi.

Skip to content