Xabaringiz bor, ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Farruxbek Rasulov, shuningdek, Umumiy jarrohlik va transplantologiya kafedrasi xodimi, ADTI klinikasi Yurak, qon-tomir jarrohligi va transplantologiya bo‘limi mudiri Abdunosir Turg‘unov Amerika Qo‘shma Shtatlarida xizmat safarida bo‘lib turibdi.


Ular safar davomida Garvard universitetida bo‘lib, dars jarayonlari, taniqliu klinikalar faoliyati bilan tanishdilar. Shu bilan birga institutimiz vakillari Dana Farber saraton instituti xalqaro grantlar markazi boshlig‘i Jaime Mchunu va katta ilmiy tadqiqotchi, vatandoshimiz Nilufar Qahorova bilan uchrashdi.


Jaime Mchunu Garvard universiteti talabalariga Onkologiya, Kariojarrohlik, Trasplantologiya fanlarini o’qitishda markaz tomonidan foydalanilagan o‘quv dasturi (syllabus)ni Andijon davlat tibbiyot institutida o‘qitish uchun taqdim etdi.
