«5 TASHABBUS OLIMPIADASI»NI O‘TKAZISH BO‘YICHA  YIG‘ILISH O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«5 TASHABBUS OLIMPIADASI»NI O‘TKAZISH BO‘YICHA  YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

15:20 18.09.2025

Bugun, 18-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida «5 tashabbus olimpiadasi» sport musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Unda viloyat Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi xodimlari, fakultet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, institut Sport klubi xodimlari ishtirok etdi.

Davra suhbatida «5 tashabbus olimpiadasi» sport musobaqasini kuzgi mavsumiga start berildi.  Sport musobaqalariga talabalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish, jamoalarni shakllantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Mas’ullarga kerakli topshiriqlar berildi.

Skip to content