Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tibbiyot institutida bo‘lib, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda talabalik baxtiga erishgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, o‘qish va taʼlim jarayoni, talabalar turmush sharoiti, o‘qishdan tashqari faoliyat va yoshlar bandligiga oid savollar bilan murojaat qilishdi.


Viloyat hokimi ularning fikr va takliflarini diqqat bilan tinglab, muammolarni hal etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi. Shu bilan birga, yoshlarning bilim olishi va zamonaviy mutaxassis bo‘lib shakllanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilayotganini taʼkidladi.
Muloqot samimiy va ochiq ruhda o‘tdi. Talabalar o‘z navbatida yoshlarga ko‘rsatayotgan eʼtibor va yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirishdi.

