“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” SHIORI OSTIDA TARG’IBOT TADBIRI O’TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” SHIORI OSTIDA TARG’IBOT TADBIRI O’TKAZILDI

14:18 04.10.2025

Bugun, 4-oktabr kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti faollari, volontyorlar tomonidan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida volontyorlar “Eski shahar” hududidagi “Dehqon bozori” va aholi yashash hududlarida fuqarolarga giyohvandlikning zararli ta’siri, uning jismoniy va ruhiy sog‘liqqa keltiradigan salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berdilar. Shu bilan birga, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarimizni ushbu illatdan himoya qilish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir ishtirokchilari uchun giyohvandlikka qarshi kurash mavzusida maxsus tayyorlangan flayerlar taqdim etildi. Ushbu flayerlarda mazkur muammoning oldini olishga doir muhim ma’lumotlar va foydali maslahatlar jamlangan.

Yoshlar shunday deydi: Bizning maqsadimiz – sog‘lom, baxtli va porloq kelajak sari birgalikda harakat qilish! Yoshlarimizni zararli odatlardan himoya qilishda har biringizning hissangiz muhim.

Biz giyohvandlikka qarshimiz – sog‘lom hayot uchun birga!

Skip to content