Kuz-qish mavsumida Andijon davlat tibbiyot institutida talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda institut xodimlari uchun qulay va xavfsiz muhitni yaratish maqsadida muhim tashkiliy va texnik chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, binolarni barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlash borasida mas’ul xizmatlar tomonidan qator ishlar bajarilmoqda.

Joriy yil 7-oktabr kuni institut rektori, professor M.Madazimov Talabalar turar joylarida (TTJ) bo‘lib, mavjud issiqlik tizimining mavsumga tayyorgarlik holatini bevosita o‘rganib chiqdi. Unda rektor isitish qozonxonalari faoliyatini ko‘zdan kechirdi va ularning amaliy sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, sinov davomida hech qanday texnik nosozlik aniqlanmagani ta’kidlandi.
TTJlarda issiqlik tizimini yanada yaxshilash maqsadida yangi, energiya tejamkor va samaradorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy isitish qozonlari o‘rnatilib, ular sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov jarayonlari shuni ko‘rsatmoqdaki, yangi tizim talabalarni barqaror issiqlik bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Qozonxonalar to‘liq ishga tayyor holatga keltirilgan bo‘lib, ular orqali binolarda barqaror va xavfsiz issiqlik ta’minoti yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Rektor mutasaddi mas’ullar bilan suhbat davomida issiqlik quvurlari, gaz plitalari hamda boshqa texnik vositalarning doimiy nazorat ostida bo‘lishi lozimligini uqtirdi. Shu bilan birga, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish, avariyaviy holatlarning oldini olish va issiqlik manbalarining barqaror ishlashini ta’minlash borasida tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Professor M.Madazimov, shuningdek, ko‘mir zaxiralarini o‘z vaqtida to‘ldirib borish, energiya sarfini maqbullashtirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ham mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

