Joriy yilning 9-10-oktabr kunlari Andijon davlat tibbiyot institutida «Xirurgiya va kombustiologiyaning dolzarb muammolari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.


Bugun mazkur anjumanning 1-kuni o‘tkazildi. Unda Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Ozarbayjon, Hindiston, Nepal kabi davlatlarining hamda O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Anjumanga tashrif buyurgan mehmonlar Andijon polkasi hamda musiqa sadolari ostida tantanali kutib olindi.


Anjumanni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov ochib berdi. Shundan so‘ng ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.Xudayarov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov hamda A.V.Vishnevskiy nomidagi Milliy xirurgiya ilmiy tadqiqot markazi direktori A.Revishvili onlayn tarzda samimiy qutladi va anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.


Anjuman davomida Rossiya Federatsiyasidan kelgan mutaxassis Andrey Alekseyev Anatolevich barcha qatnashchilarni qutladi va institut rektori M.Madazimovga esdalik sovg‘alarini topshirdi.


Tabriklardan so‘ng plenar majlis bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, AQSH mutaxassislari mavzu doirasidagi ma’ruzalarini olib borishdi. 43 nafar mutaxassislar 3 ta seksiayaga bo‘lingan holda ma’ruzalarini olib borishdi.




Anjuman davomida O‘zbekiston va Rossiyada kombustiologiya: tarix va zamonaviy holat, kuyish bilan jarohatlangan bemorlarni jarrohlik reabilitatsiyasi, Traxeyaning chandiqli stenozlari. Kompleks jarrohlik yechimi va reabilitatsiya, uchlamchi peritonit: profilaktikasi va davolashning limfologik aspekti kabi 50 dan ziyod mavzular muhokama qilindi.


Eslatib o‘tamiz, xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ertaga, 10-oktabr kuni ham bo‘lib o‘tadi. Unda mutaxassislar tomonidan master klasslar olib borilishi rejalashtirilgan.



