“ENG YAXSHI TALABALAR TEATR STUDIYASI” KO‘RIK-TANLOVINING INSTITUT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ENG YAXSHI TALABALAR TEATR STUDIYASI” KO‘RIK-TANLOVINING INSTITUT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

20:55 10.10.2025

Andijon davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan Talabalar teatr studiyasi bugunga qadar faoliyati davomida yangidan yangi iqtidor egalarini kashf etib kelmoqda. San’atga ishtiyoqmand yigit-qizlar o‘z iste’dodlarini namoyish etib, o‘tkazilayotgan tanlovlarda yuqori o‘rinlarni zabt etib kelishmoqda.

Bugun, 10-oktabr kuni “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi” ko‘rik tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda fakultetlarning eng iqtidorli talabalari ishtirok etdi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Viloyat qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Baxodir Jabborov O‘zbekiston yoshlari murabbiyi, Teatr, kino va televideniye aktyori O‘tkirbek Shukurov, Andijon viloyat drama teatri artisti, televideniye va kino aktyori Jamshid Ru‌ziyev ishtirok etdi va hakamlar hay’ati a’zolari sifatida chiqishlarni adolatli baholab bordilar.

Tanlovda Farmatsiya fakulteti jamoasi “Yo‘qotilgan orzu” asarini, Davolash fakulteti jamoasi “O‘lding aziz bo‘lding” asarini, Pediatriya fakulteti jamoasi “Biz korrupsiyaga va giyohvandlikka qarshimiz” asarini hamda Stomatologiya fakulteti jamoasi esa “To‘da” asarini sahnalashtirib, ijro etdilar.

Talabalar mazkur spektakllar orqali davr hayoti, og‘riqli nuqtalari, insonlarning kechmishlari, xursandchilik va tashvishlarini ham mulohazali, ham yumorga boy tarzda ijro etdilar.

Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham eng munosiblar nomi aniqlandi.

Davolash fakultetining talabalari B.Shokirov hamda J.Arslonboyev “Eng yaxshi spektakl”, Pediatriya fakultetining talabalari A.Xomidjonov hamda M.Vaxobov “Milliy an’ana va qadriyatlar talqini uchun”, Farmatsiya fakultetining talabalari S.Jalolhonov hamda M.Toshpo‘latova “Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini uchun”, Davolash fakulteti talabasi M.Rasuljonova “Eng yaxshi ayol uchun”, Stomatologiya fakulteti talabasi M.Murodov “Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyalarini qo lga kiritdilar.

Skip to content