“TALABALIKKA BAG‘ISHLOV” TADBIRI BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TALABALIKKA BAG‘ISHLOV” TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

15:39 14.10.2025

Bugun, 14-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga 2025/2026-o‘quv yiliga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri boshlandi. Mazkur tantanali tadbir viloyatimizda qad rostlagan “Universal” sport majmuasida o‘tkazildi. Tantana O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijro etilishi bilan boshlandi.

 

Dastavval tadbirni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

– Siz eng baxtli yoshlarsiz! Sizning o’z maqsadingiz tomon dadil qadam tashlab talaba bo‘lganingiz nafaqat siz, ota-onangiz balki, butun jamiyatimiz uchun juda quvonchli voqea bo’ldi. Boisi, siz yoshlarning muvaffaqiyatingiz mamlakatimiz tibbiyot sohasining rivoji va ravnaqida muhim ahamiyat kasb etadi. Sizlarning endilikdagi o‘qish va kelajakdagi kasbiy faoliyatingizda zafarlar tilayman! Andijon davlat tibbiyot institutiga xush kelibsiz, aziz talabalar! – dedi, rektor. Eng kulminatsion nuqta – birinchi bosqich talabalariga an’anaviy «Bilimlar kaliti» hamda «Baholash daftarchasi» topshirildi.

Shundan so‘ng, tadbirda institutning faxrli professor-o‘qituvchilari barcha yoshlarni bugungi quvonchli kun bilan samimiy qutladi. Davolash fakultetining 1-bosqich talabasi Zumradxon Ahmadaliyeva so‘z olib, talabalik taassurotlari bilan bo‘lishdi. Tadbir davomida ota-onalar ham yoshlarni bugungi kun bilan muborakbod etishdi. Tantananing muhim qismi – talabalar o‘qish davomida faol bo‘lishga, doim o‘qib-izlanib, xalqimizga munosib farzand bo‘lishga “Talabalar qasamyodi” qabul qildilar.

Ma’lumot o‘rnida, Andijon davlat tibbiyot institutiga 2025/2026-o‘quv yilida 2324 nafar talaba qabul qilindi.

 

Skip to content